Sobiq bokschi samolyotning qo‘lga olinishining oldini oldi

Foto: Facebook/Arnaud Romera
Fransiyaning boks bo‘yicha 2 karra chempioni Tarik Sohibiddin Myunxendan Parijga parvoz qilayotgan samolyotni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan yo‘lovchini zararsizlantirdi.
Jurnalist Arno Romeroning Facebook’da ma'lum qilishicha, bezori yo‘lovchi tajovuzkorlik ko‘rsatib, uchuvchilar kabinasiga kirib, samolyot yo‘nalishini o‘zgartirishga majburlamoqchi bo‘lgan. Shunda 46 yoshli sobiq bokschi 2 nafar yo‘lovchi yordamida bezorini polga yiqitib, uning qo‘l-oyoqlarini bog‘lab qo‘ygan.
Samolyot Sharl-de-Goll nomidagi aeroportga qo‘ngach, bezori politsiyaga topshirilgan. Ta'kidlanishicha, u psixiatrik tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan Sohibiddin professional boksdagi faoliyatida 23 ta jang o‘tkazib, 12 ta g‘alabaga erishgan va 11 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Mavzuga oid

14:38
O‘zbekiston va Fransiya: asosiy hamkorlik yo‘nalishlari qaysilar?

20:14 / 10.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

23:34 / 07.03.2025
Fransiya razvedkasining sobiq boshlig‘i milliarder Bernar Arnoga yordam bergani uchun to‘rt yilga qamaldi

21:24 / 07.03.2025