Narkomafiya a'zolari xato tufayli 16 yoshli futbolchini otib tashlashdi

Foto: El Nuevo Heraldo
Meksikalik futbolchi Kristian Ernandes va uning oilasi narkomafiya vakillarining hujumiga uchradi.
Breitbart’ning ma'lum qilishicha, jinoyatchilar Meksika va Amerika Qo‘shma Shtatlari chegarasida o‘yinchining oilasiga hujum qilishgan. Bir guruh qurolli jangarilar futbolchining mashinasiga qarata o‘t ochishdi. Hujum natijasida Ernandes va uning onasi Fabiola o‘ldirilgan, otasi hamda singlisi esa omon qolgan.
Huquqni muhofaza qilish idoralari fikriga ko‘ra, dastlab jinoyatchilar boshqa avtomobilga hujum qilishni mo‘ljallashgan va qurbonni adashtirib yuborishgan.
16 yoshli Ernandes «Real San Kosme» jamoasida o‘ynagan. Meksika futbol federatsiyasi fojia yuzasidan ta'ziya bildirdi.
Mavzuga oid

17:39
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

20:40 / 01.03.2025
AQSh Tramp talablari bajarilmasa, Meksikaga «harbiy harakatlar» bilan tahdid qildi

17:00 / 28.02.2025
Meksika narkobaron Rafael Karo Kinteroni AQShga ekstraditsiya qildi

23:08 / 26.02.2025