Qozog‘istonda g‘alla eksporti pasayadi

Iqtisodiyot 17:09 / 25.08.2018 11660

Xalqaro don ekinlari kengashining avgust oyi hisobotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 2018-2019 yillarda (marketing yili) 18.6 million tonnagacha g‘alla yetishtirish rejalashtirilgan. 

Bir oy oldin bu ko‘rsatkich 0.8 mln. tonna kam edi. 2017-2018 yillarda hosil 19.3 mln. tonna bo‘lgan. Oldingi yillarda dalalardan 19.4 mln. tonna g‘alla olingan. 

Don zaxirasi bu yilda 3.2 million tonna deb baholanmoqda. 2017-2018 yilgi mavsumda bu ko‘rsatkich 0.5 mln. tonnani qayd etgan. 

Qozog‘istonda 2018-2019 yilgi mavsumda hosil 22 mln. tonna (2017-2018 yilda 23 mln. ) bo‘ladi. Iyul oxirida ekspertlar bahosi 0.8 mln. tonna deb belgilandi. 

Bu davrda respublikaga 0.1 mln. tonna don import qilinadi. 

2018-2019 yillarda don eksporti o‘tgan yilgiga qaraganda 0.5 mln. tonnaga kamayadi, deya yozmoqda “Qazax-Zerno” axborot xizmati. Bir oy avval savdo hajmi yanada arzonroqqa (0.5 mln. tonna) baholandi. 2016-2017 yillar mavsumida bu raqam 8.2 mln. tonnadan iborat edi.

 

Ko‘proq yangiliklar: