Joriy yilning 2-choragida “Suzuki” kompaniyasi dunyodagi eng serdaromad avtomobil markasi bo‘ldi. Kompaniya bu borada 1-chorakdagi yetakchi BMW’ni ortda qoldirdi.
Manager Magazin nashrining ma'lum qilishicha, yapon markasining marjinalligi 11,8 foizni tashkil qilgan. Ya'ni kompaniya avtomobillar savdosidan olgan har 100 yevrodan 11,8 yevro operatsion daromad olgan.
2-o‘rinni BMW egallagan. Uning marjinalligi 11,4 foizni tashkil qilgan. Yil boshida 3-o‘rinni egallagan Daimler konserni 6-o‘ringa tushib ketgan (marjinallik 6,5 foiz).
Ikki chorak bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlar olinadigan bo‘lsa, BMW eng serdaromad avtomobilsozlik kompaniyasi bo‘lib qolmoqda.
Forbes reytingiga ko‘ra eng qimmatbaho avtomobil brendi Toyota hisoblanadi. Uning qiymati 44,7 mlrd dollarni tashkil qiladi. “Mersedes” va BMW mos ravishda 2- va 3-o‘rinlarni egallamoqda (34,4 va 31,4 mlrd dollar).
Dunyoda umumiy savdolar bo‘yicha Volkswagen yetakchi hisoblanadi, eng katta umumiy daromadga Toyota ega.