Krasnoyarsk firmasi direktori O‘zbekistonga yog‘och-taxta kontrabandasida gumonlanmoqda
Krasnoyarsklik tadbirkor O‘zbekistonga yog‘och kontrabandasini amalga oshirganlikda gumonlanmoqda.
Federal bojxona xizmatiga ko‘ra, Rossiyaning 27 yoshli fuqarosi, Krasnoyarskdagi mas'uliyati cheklangan jamiyat direktori O‘zbekistonga taxta-yog‘ochlarning noqonuniy eksportini tashkillashtirgan.

Jinoiy harakatlar natijasida 2017 yil yanvar-iyul oylari mobaynida O‘zbekistonga 3,4 ming kubometr yog‘och-taxta mahsuloti noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan. Ularning umumiy qiymati 22 million rubl (320 ming AQSh dollaridan ortiq)ni tashkil etadi.
Chegarani kesib o‘tishda u soxta hujjatlarni taqdim etgan.
Ushbu shaxsga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 226-moddasi 1-qismi bo‘yicha (strategik ahamiyatga ega resurslar kontrabandasi) uchta jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
U yetti yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid

21:20 / 14.01.2025
O‘zbekistonlik erkak Krasnoyarsk aeroportida boshqa odamga pichoq bilan hamla qildi

14:01 / 27.12.2024
Qibrayda Qozog‘istondan tortilgan yashirin yerosti quvuri aniqlandi

16:55 / 26.12.2024
Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan maxfiy tunnel topildi

18:57 / 07.12.2024