Apple rahbari kompaniyaning 120 mln dollarlik aksiyalari bilan taqdirlanishi mumkin

Fan-texnika 09:20 / 23.08.2018 5563

Apple bosh direktori Tim Kuk kompaniyaning taxminan 120 mln dollarlik aksiyalari bilan taqdirlanishi mumkin. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Kuk korporatsiya rahbari sifatida 280 mingta aksiya oladi. Bundan tashqari, u oxirgi 3 yil ichida kompaniya aksiyalarining fond birjasidagi daromadliligi S&P 500 indeksiga kiruvchi kompaniyalarning uchdan ikki qismining xuddi shunday ko‘rsatkichlaridan oshsa, qo‘shimcha 280 mingta aksiya olishi mumkin. Aktsiyalarning qiymati 120 mln dollarni tashkil qilishi mumkin. 

2017 yilda Kukga bonus sifatida berilishi kerak bo‘lgan 560 mingta aksiyadan yarmi soliqlarni to‘lash uchun ketgan. Qolgan yarmi esa sotilib, Kukga 43 mln dollar daromad keltirgan. Bundan tashqari, Kuk 3 mln dollar miqdorida maosh va 9 mln dollarlik bonus olgan.

Ayni vaqtda Kukning boyligi 700 mln dollarga yetgan. 

Avgust oyida Apple kapitallashuvi 1 trln dollardan oshib ketdi. Apple’ning avvalgi rahbari Stiv Jobs vafot etgan 2011 yilda kompaniya kapitallashuvi 350 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bundan esa Kuk vaqtida kompaniya kapitallashuvi deyarli 3 marta oshganini ko‘rish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: