Taekvondo. Niyoz Po‘latov finalga chiqdi
O‘zbekiston taekvondo jamoasining -58 kg vazn toifasi vakili Niyoz Po‘latov Osiyo o‘yinlari finaliga chiqdi.
U yarim finalda eronlik Ashur Zido Falloh Farzonni 15:13 hisobida (3:2, 5:2, 7:9) mag‘lubiyatga uchratdi.


Endi Po‘latov finalda janubiy koreyalik Kim Tayxun bilan oltin medal uchun kuch sinashadi.
Niyoz Po‘latov nimchorak finalda Xitoy Taypeyidan tashrif buyurgan Hu Kuangyuni 30:28 hisobida, chorak finalda esa tailandlik Savekvihare Ramnarongni 23:21 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Mavzuga oid

22:27 / 04.12.2024
Ulug‘bek Rashitov jahonning 2024 yildagi eng yaxshi taekvondochisi bo‘ldi

20:07 / 08.08.2024
Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga chiqdi

08:05 / 21.06.2024
O‘zbekiston taekvondo milliy jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi

00:13 / 03.09.2023