O‘zbekiston taekvondo milliy jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi

Sport 08:07 / 21.06.2024 4586

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Olimpiada o‘yinlarida ilk marotaba besh nafar sportchi bilan qatnashadi

Taekvondo assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WTF) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmalar taqsimotini qayta shakllantirdi. Parijdagi o‘yinlarda ishtirok etadigan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining neytral maqomdagi rossiyalik sportchilar ro‘yxatida taekvondochilar qayd etilmadi. Katta dubulg‘a turnirida litsenziyalarni qo‘lga kiritgan rossiyalik sportchilarning o‘rniga Olimpiya reytingida eng yaxshi o‘rinlarni qayd etgan sportchilarga kvota taqsimlab berildi.

+80 kg vazn toifasidagi reytingda oltinchi o‘rinni qayd etgan Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Nikita Rafalovich ham yo‘llanmaga ega chiqdi.

Shu tariqa, taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak Olimpiya o‘yinlarida o‘z tarixida ilk bor 3 nafar erkak va 2 nafar ayol sportchi bilan qatnashadigan bo‘ldi (shu vaqtgacha 4 dan ortiq yo‘llanma bo‘lmagan).

2024 yilgi o‘yin ishtirokchilari:

  • Ulug‘bek Rashidov (68 kg);
  • Jasurbek Jaysunov (80 kg);
  • Nikita Rafalovich (+80 kg);
  • Ozoda Sobirjonova (67 kg);
  • Svetlana Osipova (+67 kg).
Ko‘proq yangiliklar: