Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KNAUF kompaniyasi Quruvchilar kunida kutilmagan tadbirlar bilan O‘zbekiston aholisini mamnun qildi
Ilk bor kasb bayramini nishonlash qurilish sohasidan tashqariga chiqdi va tasviriy san'atning yorqin elementlarini o‘z ichiga oldi. Poytaxtda Qurilish sohasi xodimlarining kuni sharafiga ta'mirlash va san'atning sintezi qanchalik esda qolarli hamda betakror bo‘lishini namoyon qilishga qaratilgan ulkan loyiha amalga oshirildi. Viloyatlarda esa bayram tadbirlari butun hafta 6 avgustdan 12 avgustgacha davom etdi.
KNAUF kompaniyasi mana ikkinchi yildirki O‘zbekiston aholisi uchun keng ko‘lamli bayram tadbirlarini tashkil etib kelmoqda. Poytaxtdagi tadbirlarining asosiy qismi Toshkentdagi bog‘larda o‘tkazildi. Bolalar ishtiyoq bilan ijodiy mahorat darslarida o‘zlari yasagan narsalarini bo‘yadilar, kattalar esa gipskartonni to‘g‘ri mahkamlashni o‘rganib oldilar.

— Avvaliga biz bog‘lardagi tadbirlarini 20:00da yakunlashni rejalashtirgan edik, ammo aholiga bu kabi mashg‘ulotlar shu qadar manzur keldiki, natijada Central Parkdagi tadbirni 21:30gacha uzaytirdik. Shunisi e'tiborliki, shurupovyort bilan ishlashda qizlar ayniqsa faol bo‘ldilar. Natijada devorlar nafaqat gipskartondan tuzilgan so‘zlar, balki manzarali elementlarga ham ega bo‘ldi, — deydi «KNAUF GIPS BUXORO» MChJ XK reklama bo‘yicha yetakchi menejyeri Hilola Yakupova.

Savdo-ko‘ngil ochar markazlarda KNAUF kompaniyasi katta muvaffaqiyat bilan «San'at darajasidagi ta'mirlash» nomli g‘aroyib aksiyasini o‘tkazdi. Mark Vaylning «Ilhom» teatri aktyorlari Yan Dobrinin, Yuliya Plakida va Svetlana Nazrullayevalar rassom Nadejda Riksiyeva jamoasi bilan birgalikda taniqli rassom Bobur Ismoilovning sharq durdona asarlarini hayotda aks ettira oldilar. Savdo markazlariga tashrif buyurganlar o‘zlarini musavvirning «Profil» (Next SKM), «Xayolparast» (Samarqand Darvoza SKM) va «Akvarium» (Parus SKM) kabi ishlarining bir qismi sifatida his etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Jonli installyatsiyalar KNAUF jamoasining ishini shaxsan ko‘rishga tashrif buyurgan Bobur Ismoilovning yuqori bahosiga sazovor bo‘ldi.

— «San'at darajasidagi ta'mirlash» loyihasi uchun mening ishlarim tanlab olinganligi – bu katta sharaf. Men boshqa kompaniyalarga yaxshi namuna bo‘la oladigan ajoyib g‘oya va uning a'lo darajada aks ettirilganligini ko‘rmoqdaman. Kelajak aynan shunda: kompaniyaning yorqin shaxslari va kreativ g‘oyalarida. Barcha quruvchilarni bayram bilan muborakbod etaman! — deya murojaat qildi Bobur Ismoilov.

Bayram tadbirlari an'anaga ko‘ra poytaxt bilan chegaralanib qolmadi va deyarli barcha viloyatlarda o‘tkazildi. Kompaniya savdo belgisi tushirilgan yuk avtomobillari tabrik dasturi bilan butun respublika bo‘ylab aylanib chiqdi. Quruvchilar kuni aholiga mazmunli va qiziqarli dasturi bilan yodda qoldi. Bolalar eng faol va minnatdor muxlis bo‘lib chiqishdi. Ular katta ishtiyoq bilan raqs fleshmoblarida ishtirok etib, intellektual viktorinalarda bosh sovrin uchun o‘z kuchlarini sinab ko‘rdilar. O‘z mahorati bilan odamlarni hayratga soluvchi sehrgar barcha shaharlarda kechalarning bosh qahramoniga aylandi.

— Biz 11ta shaharni aylanib chiqdik va aholi KNAUF jamoasini iliq va samimiy kutib oldi. Odamlar chin dildan tomoshani ko‘rib zavqlanishdi, keyin esa sehrgar va boshlovchilar bilan suratga tushish istagini bildirishdi. Bizning bolalarimiz juda ham iste'dodli, raqs tanlovlarida bunga yana bir bor amin bo‘ldik. Jizzax shahrida odamlar qanday ajoyib raqsga tushganlarini bir ko‘rsangiz edi! — deya bayram turnesidan o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi tashkilotchilar.



Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
G‘azoda boshlangan ocharchilik, Kamchatkada 8 balli zilzila va Falastinni tan olayotgan Yevropa – kun dayjesti
Jahon | 13:46
-
UzAuto Motors’ning shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston | 12:57
-
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi
Jamiyat | 12:54
Mavzuga oid

15:24 / 11.08.2023
7 kun davomida 12 ta festival: Knauf quruvchilar kunini nishonlashga taklif etadi

09:00 / 15.08.2022
Qurilish sohasi xodimlari kuni keng nishonlandi

22:53 / 01.10.2018
KNAUF kompaniyasi tomonidan ekologik aksiya o‘tkazildi

15:32 / 06.08.2018