Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 kun davomida 12 ta festival: Knauf quruvchilar kunini nishonlashga taklif etadi
KNAUF kompaniyasi Quruvchilar kuni munosabati bilan O‘zbekistonning 12 ta shahrida strit-festivallarni tashkil etmoqda. Bayram hududlariga kirish va barcha tadbirlarda qatnashish bepul bo‘ladi. Toshkentdagi festivalda “Chilonzordagi turar joy” nomli surat asosidagi 8 metrli ulkan installyatsiya fonida teatrlashtirilgan chiqishlar qilinadi.

Rustam Bozorovning “Chilonzordagi turar joy” asari
13 avgustda O‘zbekistonda KNAUF kompaniyasi tomonidan Quruvchilar kuni sharafiga strit-festivallar start oladi. Toshkentda boshlanadigan tadbirlar O‘zbekistonning jami 12 ta shahrini qamrab oladi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bog‘lar, maydonlar, savdo markazlarida o‘tkaziladigan festivallarga kirish hamma uchun ochiq, barcha tadbirlar bepul bo‘ladi.
“Quruvchilar kuni munosabati bilan katta xalq saylini tashkil etish – O‘zbekistondagi KNAUF kompaniyasining yaxshi an’analaridan biri. Biz quruvchilar va ustalar bilan ishlaymiz va ishchi kasblarni ommalashtirish hamda jamiyatda ularning obro‘sini oshirish qanchalik muhim ekanini bilamiz.
Festival shiori – “GoKo‘chaga!” – bu monitorlar ortida unutilayotgan jonli, insoniy muloqotga chorlovdir. Kompyuter, televizor va gadjetlarni bir oqshom bo‘lsa ham, chetga suring. KNAUF bilan Quruvchilar kunini nishonlash uchun keling”, – deydi O‘zbekistondagi KNAUF korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko.
Festivallar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Gips haykalchani tanlab, o‘z qo‘lingiz bilan bo‘yash – festival jajji mehmonlarining sevimli mashg‘uloti.
- G‘ayrioddiy fotohududda oilaviy yoki do‘stlar davrasida suratga tushish.
- Devorlarga suratlar chizish, bu safar mumkin bo‘ladi.
- Do‘stlar bilan basketbol o‘ynash: kim ko‘proq ochko yig‘adi?
- Ko‘cha o‘yinlarida bolalikni yodga olish: lanka, arqon sakrash, klassik o‘yinlar o‘ynashga tayyormisiz?
- Raqs bo‘yicha mahorat saboqlarida g‘ayrat-shijoatga to‘lish.
Quruvchilar kuni sharafiga o‘tkazilayotgan festivallarda animatorlar bolalarga havo sharlari va suvenirlar hadya etadi. Yoshi katta mehmonlarni sovrinli tanlovlar kutadi.
Festivallar Toshkentda boshlanadi
Quruvchilar kuniga bag‘ishlangan festivallarning birinchisi poytaxtdagi Markaziy bog‘da (Central Park) bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar 13 avgust soat 18:00–22:00 oralig‘iga belgilangan.
Toshkentda strit-art festivalining kreativ qismi o‘zbek musavviri Rustam Bozorov chizgan suratdagi jonlangan uy bo‘ladi. “Chilonzordagi turar joy” surati 8 metrli ulkan installyatsiyaga aylanadi. U “Ilhom” teatri aktyorlari tomonidan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishiga zamin bo‘ladi. Festivalga kelganlar bu uyda yashovchilarning sodda, samimiy va ta’sirchan hayotining tomoshabini va qatnashchisiga aylanadilar.
Tanlovlardagi g‘alaba uchun ishtirokchilar jyetonlarga ega bo‘ladi. Jyetonlarni maxsus tashkil etilgan nuqtalarda KNAUFdan kreativ brend tovarlariga almashtirish mumkin. Shuningdek, bu yerda xayrli ishga qo‘l urish – qo‘shimcha jyetonlar xarid qilib, ONA xayriya jamg‘armasi (murakkab vaziyatga tushib qolgan ayollar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash) va “Mushukkent” ijtimoiy loyihasi (ko‘cha mushuklari uchun uychalar)ga pul o‘tkazish imkoni bor.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

20:00 / 22.02.2025
Toshkentdagi noqonuniy qurilish maydonida erkak zinadan yiqilib vafot etdi

16:00 / 22.11.2024
KNAUF GIPS BUXORO zavodida quyosh elektr stansiyasining ochilishi bo‘lib o‘tdi

16:00 / 16.10.2024
KNAUF O‘zbekistonda past uglerodli tosh mineral paxta ishlab chiqarish bo‘yicha biznesni o‘z tarkibiga qo‘shmoqda

13:18 / 22.01.2024