Avalon – hashamat yaratish san'ati

Jamiyat 10:14 / 16.08.2018 10600
Foto: Avalon

Odamzodni  asrlar davomida nafis shakllar, bejirimlik va nazokat o‘ziga maftun qilgan, ilhomlantirgan. Go‘zallik bizni quvontiradi va zavq bag‘ishlaydi.

Hozirgi zamonda yuqori texnologiyalar o‘ta rivojlanganligi sababli, texnikada sifat, ergonomika, funksionallik kabi xususiyatlar qadrlanadi, ammo odamzodning hashamat, bejirimlik, go‘zallikka bo‘lgan ishtiyoqi hali ham so‘ngani yo‘q. Avalon texnikasi takomilligining siri  yuqori texnologiyalar va bejirimlikning birlashuvidadir.

Foto: Avalon

Avalon Inverter 24 ustunlik konditsioneri ko‘rkam dizaynga ega bo‘lib, xonadoningiz yoki ofisingiz intereriga qo‘shimcha husn va latofat bag‘ishlaydi.

Yangi ustunlik konditsionerning ustki qismi yuqori sifatga ega bo‘lgan materiallardan tayyorlangan  hamda ko‘p yillar davomida o‘z chiroyi va ko‘rkamligini yo‘qotmasligi uchun maxsus korroziyadan saqlaydigan modda bilan qoplangan.

Foto: Avalon

Avalon Inverter 24 konditsioneri har tomonlama mukammal ishlangani sabab, hatto ichki qismlari ham yuqori sifatga ega. Ushbu konditsioner 65 kv. m. maydonni bemalol sovitishi, isitishi, yoki ventilyatsiya yordamida toza havo bilan ta'minlashi mumkin.

Foto: Avalon

Avalon ustunli konditsioneri maxsus LED displeyi bilan jihozlangan. Ushbu displeyda konditsionerning ish tizimi, harorati hamda ishga tushirilgan funksiyalari kabi ma'lumotlar tasvirlanadi.

Konditsionerning tizimlarini sozlash va funksiyalarini ishga tushirish shunchalik osonki, uni ishga tushirib kerakli tizimni tanlash bir daqiqadan kam vaqtni egallaydi.

Foto: Avalon

Avalon Inverter 24 hashamatli ustunlik konditsioneriga ega bo‘ling va salqinlik hamda shinamlikdan rohatlaning.

Avalon mahsulotlari 3 yillik to‘liq, bepul kafolatga ega.

To‘liq ma'lumot uchun

Saytwww.avalonglobal.eu

Facebook: www.facebook.com/avalon.uzbekistan

saytiga tashrif buyuring. 

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: