AQSh senatori: Moskva endi o‘zini yaxshiroq tutishi kerak

Foto: Getty Images
Amerikalik senator Lindsi Gremning ma'lum qilishicha, Moskva AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun «o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishi» kerak. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan munosabatlarni normallashtirish uchun «o‘zini yaxshiroq tutishi» kerak.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh prezidenti Donald Trampga Rossiyaga sanksiyalar tarzida «zarba bergani» uchun minnatdordir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya AQSh sanksiyalariga javob qaytarishga tayyorlanayotgani xabar berilgandi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning Serbiyaga tashrifi chog‘ida ma'lum qilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni «rivojlanish uchun resurslar» yo‘qolgani sababli joriy qilmoqda.
Mavzuga oid

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

22:06 / 13.03.2025
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi

21:28 / 13.03.2025
Rossiya mamlakatga kirish taqiqlangan YeI fuqarolari ro‘yxatini kengaytirdi

21:18 / 13.03.2025