Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imzo Garden maskanida yangragan nomunosib hazillari uchun Dizayn jamoasi litsenziyadan ayrildi

Foto: RizaNova
Dizayn jamoasi bilan tuzilgan litsenziya bitimlarining talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilganligi uchun guruh litsenziyasi 2018 yil 11 avgust kunidan bekor qilinadi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» davlat muassisi xabar bermoqda.
Xabarda ta'kidlanishicha, guruh «milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, ma'naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan nomunosib harakatlar orqali qiziqchilik san'atini beobro‘ etib, san'atkor odobiga rioya etmagan».
Ma'lum qilinishicha, Toshkent viloyatida joylashgan Imzo Garden maskaniga taklif etilgan Dizayn jamoasi a'zolari dam olish maskanida odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, beo‘xshov hazillarni ijro etgan. Akfa group xodimlari uchun tashkil etilgan kooperativ tadbirda yangragan nomunosib hazillarning video va audio lavhalari ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgach, jamoa faoliyatiga jiddiy e'tibor bilan baho berildi.
Shundan jamoa a'zolari Dilshod Musabekov va Sa'dulla Fathullayev video murojaat orqali barchadan uzr so‘radi. Ular hazillarda ichki ishlar xodimlari, ayol va qizlarga nisbatan hurmatsizlik qilinganini tan olib, barcha fuqarolardan kechirim so‘ragan.
«Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan jamoaga berilgan AY-0035 con litsenziya bekor qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyadagi yangi urush. Duruzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji
Jahon | 20:26
-
Qamoqdan ozod etilganlarga bir martalik nafaqa berish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 20:25
-
Uzcard va “Elkart” O‘zbekiston va Qirg‘izistonni transchegaraviy pul o‘tkazmalari xizmati bilan bog‘ladi
Jamiyat | 20:00
-
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar 600 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekiston | 19:58
Mavzuga oid

19:48 / 13.06.2025
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri

12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi

16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi

18:33 / 18.04.2025