O‘zbekistonda aeroportdagi bojxonachilarning endi pogonlari bo‘lmaydi

Foto: customs.uz
O‘zbekiston aeroportlarida bojxonachilarning yangi formasi joriy etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Davlat bojxona qo‘mitasidan xabar berishdi.
Endilikda harbiy unvonlar ko‘krakka taqiladigan metall plastinalarga tushiriladi, pogonlar esa bo‘lmaydi.
Mahkama matbuot xizmatidan ta'kidlashlaricha, pogonli maxsus forma yo‘lovchilarga ruhan salbiy ta'sir ko‘rsatadi va ishonchli aloqa o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydi.
Xabar qilinishicha, yangi libos bojxonachilarga poytaxtimiz yo‘lovchilari va mehmonlarini yaxshiroq kutib olish hamda kuzatishga imkon beradi.
Mavzuga oid

16:30 / 14.01.2025
Toshkent aeroportida VIP taksi xizmati joriy etiladi

21:19 / 18.04.2023
Aerovokzal yaqinida to‘xtash faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat etiladi - hukumat qarori

19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?

23:41 / 11.01.2023