Red Bull Racing jamoasi poygachisi Deniel Rikkardo San-Frantsisko — Las-Vegas yo‘nalishi bo‘ylab RB7 Formula-1 bolidida harakatlandi. Sayohat videosi YouTube'ning Aston Martin Red Bull Racing kanalida taqdim etildi.
RB7 AQShning uch mashhur nuqtasi bo‘ylab o‘tdi: "Oltin darvoza" ko‘prigi, Monumentlar vodiysi va Moxav cho‘lidagi kurort-shahar - Las-Vegas.
Red Bull RB7 bolidi 2011 yilgi mavsumiy poygalarda ishtirok etishi uchun Edrian Nyui rahbarligi ostida qurilgan.
Sebastyan Fettel o‘zining ikkinchi chempionlik unvonini aunan shu mashina ortidan qo‘lga kiritgan. RB7 eng muvaffaqiyatli poyga mashinalaridan biri hisoblanadi: 2011 yilda 11 Gran-pri mukofotiga shu mashinada sazovor bo‘lingan.