Zimbabvening amaldagi prezidenti saylovda g‘alaba qozondi

Foto: Getty Images
Zimbabvening amaldagi yetakchisi Emmerson Mnangagva barcha o‘n viloyatdagi ovoz berishlar natijalari hisoblab bo‘linganidan sno‘g prezident saylovida g‘alaba qozongani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda SABC telekanali saylov komissiyasidagi manbaga tayanib xabar berdi.
Zimbabvening hukmron partiyasi «Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvar front» partiyasining rahbari hisoblanuvchi Mnangagvaga 2,46 milliondan ortiq saylovchilar ovoz bergan. Muxolifatdagi «Demokratik o‘zgarishlar harakati» partiyasidan nomzod Nelson Chamiza 2,15 millionga yaqin ovoz to‘plagan.
Avvalroq mamlakat poytaxti Xarare ko‘chalarida harbiylar va muxolifat tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgani va uch kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

22:26 / 02.01.2025
Zimbabveda 8 yoshli bola sherlar yashaydigan qo‘riqxonada besh kun qolib ketdi

21:09 / 01.01.2025
Zimbabveda o‘lim jazosi rasman bekor qilindi

00:19 / 06.11.2024
Zimbabve politsiyasiga xizmat vaqtida mobil telefondan foydalanish taqiqlandi

20:55 / 14.09.2024