O‘zbekistonda go‘sht narxi ko‘tarilishda davom etmoqda

Foto: foodnews-press
Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018 yil iyul oyida ayrim iste'mol tovarlari va xizmatlar narxi 0,5 foizga o‘sdi.
Ta'kidlanishicha, iyul oyida meva-sabzavot mahsulotlarining narxi oxirgi oylarda ularni taklif qilish hajmi mavsumiy oshishi tufayli keskin pasayishni to‘xtatdi, hozirgi vaqtda an'anaviy tuzatish bilan ajralib turibdi.
Xususan, ushbu guruhda narxlar o‘sishi 5,1%ni tashkil etdi. Narxlarning o‘sishi joriy yilning may va iyun oylarida meva-sabzavot mahsulotlari sezilarli darajada arzonlashishi natijasida past baza effekti bilan tushuntiriladi.
Shu bilan birga, iyul oyida go‘sht va sut mahsulotlari narxlarining o‘rtacha ko‘tarilishi kuzatildi.
Mol go‘shti narxi 1,2%ga, qo‘y go‘shti - 0,1%ga va sut - 2,2%ga qimmatladi, tovuq go‘shti esa, aksincha, 1%ga arzonlashdi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida mol go‘shti narxi 1,7 foizga, qo‘y go‘shti - 2,1 foizga o‘sdi. May oyida mol go‘shti va qo‘y go‘shti mos ravishda 5% va 3,7%ga qimmatlashdi.
Shu bilan birga, tuxum sezilarli darajada arzonlashdi (12,3%ga), bu ularning mavsumiy taklifi yuqoriligi va tashqi bozordagi savdolarning zaiflashishi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid

18:43 / 05.03.2025
Kredit olishni o‘ziga taqiqlash imkonini beruvchi qonun qabul qilindi

17:22 / 05.03.2025
O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p oltin sotib olgan davlatga aylandi

16:49 / 27.02.2025
25 yil oldingi 100 ming so‘m hozir qanchaga teng? – MB inflatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi

12:29 / 14.02.2025