Internetda iPhone yangi modelining suratlari paydo bo‘ldi

Fan-texnika 18:06 / 31.07.2018 13242

Latviyalik dizayner Veniamin Geskin Twitter sahifasida e'lon qilgan suratlarda iPhone’ning yangi modeli tasvirlangan deb taxmin qilinmoqda.

Suratlarda 6,5 dyuym ekranli iPhone X Plus va 6,1 dyuym ekranli iPhone namoyish etilgan. Dizayner taqdim etgan prototiplar ilgarigi kontseptlarga juda o‘xshab ketadi.

Suratlardan anglash mumkinki, smartfonning Plus-talqinida qo‘sh kamera bo‘ladi. Bundan tashqari, prototiplarda barmoq izlari skaneri yo‘q.

Veniamin Geskin IT-bozordagi xabarlar asosida chiqishi kutilayotgan gadjyetlar eskizlarini chizadi. Dizayner iPhone X’ning asliga juda yaqin prototipni chizgandi.

Apple o‘zining yangi modelini sentabrda taqdim etishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: