Fransiyaning Femto-ST instituti muhandislari balandligi 15 mikrometrli dunyodagi eng mitti uyni qurishdi, deb yozadi Popular Mechanics jurnali.
Qayd etilishicha, uy inson soch tolasidan ham ingichka bo‘lgan optik tola ustiga joylashgan.
Uyni yasash uchun muhandislar u Robotex tizimidan foydalanishgan. Bu tizim o‘ta mayda buyumlar yasay oladigan mikroskopik robotlardan tashkil topgan. Robotlar kompyuterlar yordamida boshqariladi, uy vakuum kamera ichida yasalgan, uni tayyorlash jarayoni esa mikroskop orqali kuzatib turilgan.
Olimlarning aytishlaricha, bu texnologiyadan tibbiyotda foydalanish mumkin. Mikrotuzilmalar inson qon tomiri ichiga kirib virus yoki bakteriyalarni kuzatish imkonini beradi.