Noyob kasallik oqibatida bolakay terisi «toshga aylandi»

Foto: GoFundMe
AQShning Kolorado shtatida yashovchi 12 yoshli bolaning terisi kam uchraydigan kasallik oqibatida toshday qattiq bo‘lib qoldi. Bu haqda Yahoo7 News xabar bermoqda.
12 yoshli Jyeyden Rojyers azob chekayotgan tug‘ma fastsial distrofiya kasalligi 1970-yillar oxirida aniqlangan. O‘shandan buyon bu kasallik bilan 41 kishi og‘rigan. U butun tana bo‘ylab tarqalishi natijasida teri qalin va qattiq bo‘lib qoladi. Oqibatda bemor harakatlanish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi va vafot etadi.
Bolaning o‘gay otasi bundan besh yil avval uning sonida shish borligini payqab qoladi. Bir necha hafta ichida u bolaning butun sonini egallab oladi. So‘ngra chap oyog‘i va qo‘llariga o‘tadi.
Shifokorlar kasallik tarqalishini kimyo terapiyasi yordamida sekinlashtirishga urinishmoqda. Bundan tashqari, bola og‘riq qoldiruvchi ukollar qilinishi natijasida u sutkasiga 18 soatlab uxlaydi.
Bolaning ota-onasi uning davolanishiga 500 ming dollar sarflashdi. Endi ular Jyeydenni Yevropadagi klinikada davolatish uchun Gofundme kraudfanding servisi orqali 1,5 mln dollar yig‘ishmoqchi.
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17 / 12.03.2025
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27 / 12.03.2025