Bojxonachilar aeroportda 101 million so‘mlik zargarlik buyumlarini to‘xtatib qolishdi
Zargarlik buyumlarini Dehliga noqonuniy olib ketishga uringan fuqaro M.Z. Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan to‘xtatib qolindi. U “qizil” yo‘lakdan harakatlanib, 62 million so‘m qiymatdagi 413 gramm zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasida qayd etmagan.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, xodimlarning hushyorligi sababli ushbu qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy xorijga olib chiqishga chek qo‘yildi. Bundan tashqari, «Istanbul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yiga uchib kelgan fuqaro N.L. esa qiymati 39 million so‘mdan ortiq 186,6 gramm zargarlik buyumlarini O‘zbekistonga yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan.

Ushbu ikkala holatda bojxonachilar qonunbuzarlardan umumiy qiymati 101 million so‘mga teng, qariyb 600 gramm zargarlik buyumlarini ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yishdi. Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

19:19 / 01.01.2025
Londonda qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlandi. Uni topishda yordam berganlarga 1,5 million funt va’da qilindi

23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi

16:02 / 26.04.2022
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

21:04 / 10.04.2022