O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qator kitoblar taqdimotini o‘tkazadi

O‘zbekiston 13:09 / 21.07.2018 2821

2018 yil 23 iyul kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimida faoliyat yurituvchi «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti tomonidan chop etilgan «Ma'nolar maxzani» va «Yosh rahbar ensiklopedik lug‘ati» nomli kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Taqdimotda vazirliklar, davlat va nodavlat tashkilotlari, OAV vakillari hamda «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» DIN jamoasi ishtirok etadi.

Shuningdek, «Ma'nolar maxzani» hamda «Yosh rahbar ensiklopedik lug‘ati» kitoblari taqdimotida bevosita ma'ruza qilish uchun taniqli olimlar, jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan yosh rahbarlarning ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: