De Xea «Manchester Yunayted»dagi kelajagi haqida bir qarorga keldi

Sport 19:36 / 21.07.2018 10800

«Manchester Yunayted» klubi darvozabon David De Xea bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi.

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» 27 yoshli posbon bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaydilar.

O‘tgan mavsumda De Xea «Manchester Yunayted» tarkibida 46ta o‘yinda maydonga tushib, 35ta o‘tkazib yuborgan. Uning amaldagi shartnomasi 2019 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Futbolga oid shu va boshqa eng so‘nggi yangiliklarni hamkorimiz Tribuna.uz saytida kuzatib boring.

Ko‘proq yangiliklar: