Argentinada Sampaoli va futbolchilar o‘rtasidagi mojaro tafsilotlari oshkor qilindi

Sport 13:25 / 21.07.2018 13112

Argentinalik jurnalist va sharhlovchi Ariel Senosyan «Mundial hikoyalari» nomli kitobida sobiq bosh murabbiy Xorxe Sampaoli va futbolchilar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro tafsilotlarini yozdi.

Xususan, jurnalist JCh-2018 guruh bosqichidan o‘rin olgan Xorvatiyaga (0:3) qarshi o‘yindan so‘ng, kiyinish xonasida yuz bergan voqeani oshkor qildi.

Futbolchilar murabbiy va uning yordamchilarini o‘rab olib, unga e'tiroz bildira boshlashgan. Ularning nomidan Xaver Maskerano va Lionel Messi gapirgan.

– Bizdan nimani istaysan, tushunmayapmiz. Endi senga ishonmaymiz va o‘z fikrimizga ega bo‘lishni istaymiz, — dedi futbolchilar.

– Nima haqidagi fikr? — javob berdi Sampaoli.

– Hamma narsa haqidagi.

– Demak, endi tarkibni o‘zlaringiz tanlaysizlar, mashg‘ulot rejasini tuzasizlar va boshqa ishlarni qilasizlar, shundaymi?

– Sen mendan asosiy tarkibda kimni tushirish haqida o‘n martalab so‘ragansan, ammo biror ismni aytmaganman. Hammaning oldida javob ber, senga biror ismni aytdimmi? — dedi Lionel Messi.

Shundan so‘ng, kiyinish xonasida bo‘lgan Argentina futbol uyushmasi prezidenti Klaudio Tapia Sampaoliga: «Tan olishing va taslim bo‘lishing kerak» - degan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi jahon chempionati 1/8 finaligacha yetib borib, Fransiyaga 3:4 hisobida yutqazgan, musobaqadan so‘ng, Xorxe Sampaoli lavozimini tark etgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: