Tramp nima uchun Rossiyani raqib deb atashni istamasligini izohladi

Jahon 09:20 / 18.07.2018 33110

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning armiyasi kuchli bo‘lsa-da, uning iqtisodiyoti nisbatan kichik ekanligini va Rossiyaga nisbatan «raqib» so‘zini ishlatishni istamasligini aytdi.

«Ularda kuchli armiya bor, lekin iqtisodiyoti, bilasizlarki, Xitoynikiga nisbatan ancha kam. Men hattoki «raqib» (adversary) degan so‘zni ishlatishni xohlamayman. Biz barchamiz birgalikda ishlashimiz, buni chiroyli tarzda amalga oshirishimiz mumkin, hammasi joyida bo‘ladi va tinch yashaymiz», — dedi prezident Fox News kanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinni dushman emas, raqobatchi sifatida ko‘rishini, vaqti kelib do‘stga aylanishi ham mumkinligini aytgandi. Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov bunga javoban Moskva Trampni muzokaralar bo‘yicha hamkor sifatida ko‘rishini bildirgandi.

Hozirgi paytda AQShdagi Rossiyaga qarshi siyosatchilar Rossiyaga nisbatan nafaqat «raqib», balki «dushman» so‘zini ham ishlatishmoqda va Trampni bu so‘zlardan foydalanmaganligi uchun tanqid qilishmoqda.

Ma'lumot berilishicha, Rossiya iqtisodiyoti Amerikanikidan 13 marta va Xitoynikidan sakkiz martaga kam.

Ko‘proq yangiliklar: