O‘zbekistonda Maktab ta'limini rivojlantirish fondi tashkil qilinadi

O‘zbekiston 23:46 / 17.07.2018 12442

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan o‘qituvchining jamiyatdagi mavqeini oshirish mavzusidagi yig‘ilishda Xalq ta'limi tizimida moliyalashtirishni takomillashtirish masalalari ham muhokama qilingan. KUN.UZ muxbirining Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotlariga asoslanib xabar berishicha, moliyalashtirishni takomillashtirish quyidagi yo‘nalishda olib boriladi:

Tizim ehtiyojlarini moliyalashtirish vazirlik ixtiyoriga beriladi, jumladan O‘zbekistonda Maktab ta'limini rivojlantirish fondini tashkil qilinadi.

Yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun Xalq ta'limi vazirligi qoshida Islohotlarga ko‘maklashish fondi tashkil etilib, unga joriy yilda 100 milliard so‘m ajratiladi. 

Bundan tashqari, maktablarga byudjyetdan tashqari mablag‘ topish uchun keng imkoniyat yaratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: