Toshkentda sarmoyadorlar ishtirokida ochiq muhokama maydoni tashkil etiladi

O‘zbekiston 18:35 / 16.07.2018 2013

19 iyul kuni Toshkent shahridagi International mehmonxonasi Crystal Ballroom anjumanlar zalida mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarning investitsion takliflarini ochiq muhokama etish yagona maydoni tashkil etilmoqda. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi rasmiy vakili Kun.uz'ga ma'lum qilmoqda. 

Xabarda ta'kidlanishicha, rejalashtirilayotgan uchrashuvning asosiy mavzusi geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoatiga yotqizilayotgan investitsiyalarga oid bo‘lishi kutilmoqda. 

Ochiq muhokama maydonida mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarga foydalanish uchun yer maydonini ajratish yo‘riqnomasi ham tushuntiriladi. 

Qo‘mita xabariga ko‘ra, tadbir ochiq eshiklar prinsipi asosida o‘tkaziladi va unda barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin. Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi. 

https://invest.gov.uz/forma-zayavki

 

Ko‘proq yangiliklar: