«Toshkent dengizi» dam olish maskanida 2 kishiga o‘q uzgan shaxs qidirilmoqda

Foto: VistaNews.ru
«Toshkent dengizi» dam olish maskanida pnevmatik to‘pponchadan ikki kishiga o‘q otib jarohatlagan shaxs qidirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 12 iyul kuni «Toshkent dengizi» dam olish maskanidagi «Hayrixon omad-savdo» MChJ ishchisi Akobir Ro‘zimboyev dam olish maskani hududida joylashgan avtoturargohda yollanib ishlayotgan M.Z. va F.I.larga o‘q otib jarohat yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan.
«Jarohat olgan ishchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Akobir Ro‘zimboyevni ushlash choralari ko‘rilgan», - deyiladi xabarda.
Fuqarolardan Akobir Ro‘zimboyevning qayerdaligi yoki u haqida biron ma'lumotga ega bo‘lgan taqdirda ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘ralmoqda.
Mavzuga oid

15:56 / 17.02.2024
Bojxona postida O‘zbekistonga to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

12:30 / 09.06.2022
Jizzaxda YPX xodimidan qochib ketgan haydovchining mashinasidan pnevmatik to‘pponcha va avtoraqam bo‘laklari topildi

09:11 / 23.01.2022
Toshkentda avtomobilga pnevmatik quroldan o‘q uzgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

10:31 / 29.08.2021