Geytsning rekordi yangilandi: Bezosning boyligi 150 mlrd dollarga yetdi

Jahon 23:40 / 16.07.2018 20207

Amazon rahbari Jyeff Bezosning boyligi 150 mlrd dollarga yetdi. U bu ko‘rsatkich evaziga Bill Geyts rekordini yangiladi va zamonaviy tarixdagi eng boy odamga aylandi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.  

Bezos yil boshidan 1,5 barobarga boyidi, bunga Amazon aksiyalari narxining 56 foizga ko‘tarilgani sabab bo‘ldi.

1999 yilda, “dotkomlar inqirozi” oldidan Geytsning boyligi 100 mlrd dollarga baholangan, bu esa 2018 yildagi 149 mlrd dollarga mos keladi.

Ko‘proq yangiliklar: