Jahon chempionatining eng yaxshilari ma'lum qilindi

Sport 23:05 / 15.07.2018 20135

FIFA JCh-2018 yakunlariga ko‘ra shaxsiy mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

Unga ko‘ra, Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va unga jahon chempionatining «Oltin to‘p» sovrini topshirildi. Bu maqom uchun belgiyalik Eden Azar va fransiyalik Antuan Grizmann ham asosiy da'vogarlar bo‘lishgandi.

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe esa 2018 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi.

Belgiya termasi darvozaboni Tibo Kurtua turnirning eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi – u turnir davomida o‘tkazilgan quruq o‘yinlar soniga ko‘ra «Oltin qo‘lqop» oladigan bo‘ldi.

Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn 6 gol bilan chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi va «Oltin butsa» sovriniga ega chiqdi.

Ko‘proq yangiliklar: