«Barselona» Modrich bilan hazil qildi

Foto: REUTERS
Ispaniya Qirol Kubogi yarim finalining javob o‘yinida «Barselona» Madridda «Real»ni 3:0 hisobida yengganidan xabaringiz bor. O‘sha kuni «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi Luka Modrich raqibi Lionel Messining futbolkasidan tortib qolayotgan surati mashhur bo‘lib ketgandi.
«Barselona» rasmiy tvitteri bu holatni yengil hazilga oldi. «Messining futbolkasini klubning onlayn-do‘konida olish osonroq»,- deb yozadi klub rasmiy tvitteri. Onlayn-do‘konning veb manzili ko‘rsatilgan bu e'longa Modrich Messining libosini tortayotgan rasm ilova qilingan.
🔵🔴 It's much easier to get a #Messi shirt by going to our online store 👉 https://t.co/Of4Zk6Ygg9 😋 pic.twitter.com/Q5VC9dtSXZ
— FC Barcelona (@FCBarcelona) March 1, 2019
Ta'kidlash joiz, Modrich futboldagi Messi va Ronalduning 10 yil davom etgan gegemonligiga chek qo‘yib, 2018 yil yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025