Fazliddin G‘oibnazarov professional ringdagi g‘alabali seriyasini davom ettirdi

Sport 12:50 / 15.07.2018 17063

Bugun, 15 iyul kuni tongida bir yo‘la uch nafar o‘zbekistonlik professional bokschi AQShda navbatdagi janglarini o‘tkazdi.

Dastlab Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tarildi.

To‘liq davom etgan jangda g‘olib ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi.

Hakamlar qaroriga ko‘ra Fazliddin G‘oibnazarov 78:74 hisobida g‘alaba qozondi va navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, Fazliddin shu kungacha prof ringda to‘rtta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongandi (2tasida nokaut bilan). Uning raqibi uchun esa bu ilk mag‘lubiyat bo‘ldi, u shu vaqtgacha beshta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini mag‘lub etgandi (4tasida nokaut).

Shu tariqa, G‘oibnazarov g‘alabali seriyasini davom ettirdi.

Ko‘proq yangiliklar: