Toshkent shahar hokimligi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi loyihaga qo‘l urdi

O‘zbekiston 18:07 / 13.07.2018 4990

Toshkent shahar hokimligi tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida davlat va xususiy sheriklikni rivojlantirish borasidagi yangi loyihaga qo‘l urdi.

Xususan, joriy yilning 14 iyul kuni 12:00dan 15:00ga qadar poytaxt hokimligi binosida Toshkent shahar hokimi J. Ortiqxo‘jayev, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga mas'ul idoralar rahbarlari hamda tadbirkorlar va xorijiy investorlar ishtirokida amaliy uchrashuv o‘tkaziladi. Mazkur tadbir xususiy sektor vakillarining istiqbolli loyihalarini ko‘rib chiqish va hayotga joriy etishga qaratilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Yangicha yondashuvda o‘tkazilayotgan ushbu uchrashuvda tadbirkorlar va xorijiy investorlar Toshkent shahrini yanada ko‘rkam qilish, poytaxtda sanoat ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z loyihalari bilan bemalol ishtirok etishlari mumkin. Tadbirkorlardan loyihalarini slayd ko‘rinishida taqdim etishlari so‘raladi. Uchrashuv ochiq, xolis va shaffof o‘tishi kafolatlanadi.

Mazkur uchrashuv yakuni bo‘yicha shahar hokimligi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: