“U nima haqida gapirganini tushunmadim”: Tramp Makronning nutqi haqida hazil qildi

Jahon 18:17 / 12.07.2018 10791

AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya yetakchisi Emmanyuel Makron bilan uchrashuvda uning nima haqida gapirganini tushunmaganini aytib hazil qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Tramp va Makron Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida uchrashishdi. Tramp Makronni do‘st deb atadi hamda Fransiya va AQSh o‘rtasidagi samarali hamkorlikni e'tirof etdi. O‘z navbatida, Makron AQSh prezidentiga 2017 yilda Parijda Bastiliyaning olinish kuni bayramidagi uchrashuvlarini fransuz tilida eslatdi.

“Judayam chiroyli, lekin u nima haqida gapirganini tushunmadim”, — dedi Tramp unga javoban va atrofdagilarning kulgisiga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng Makron o‘z so‘zlarini Amerika prezidentiga ingliz tilida aytdi.

Avvalroq NATO sammiti arafasida Tramp faqatgina alyans bosh kotibi Yyens Stoltenbergga yoqishini aytib hazillashgandi.

Ko‘proq yangiliklar: