Bu yilgi test jarayonlari qanday o‘tadi? Vazir javob bermoqda

O‘zbekiston 17:00 / 12.07.2018 71147

Kun.uz bu yil o‘zgacha tashkil etilishi kutilayotgan imtihon kunlariga oz muddat qolganda Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov bilan suhbat tashkil etdi. 

Unda, Inom Majidov qabul imtihonlari qanday o‘tkazilishi haqida fikrlarini aytib berdi. 

«Bu yilgi test jarayonlarida yangiliklar ko‘p. O‘tgan yili, shu vaqtda Prezidentimiz tomonidan topshiriq qo‘yilgandiki, test sinovlari atrofida shuncha gap, demak oshkoralikni oshirish lozim. Taklif kiritildiki, test natijalari bir kunda ma'lum bo‘lsa, shunday texnologiya asosida ish olib borish DTM tomonidan amalga oshirildi. 

Endi test sinovlari 1 kunda o‘tmaydi, balki 15 kun davom etadi, ya'ni 1 avgustdan 15 avgustga qadar. Abituriyentning necha ball to‘plagani imtihonning ertasiga aniq bo‘ladi. Ya'ni, DTM rasmiy sayti orqali natijalarni tekshirib olish mumkin», deb javob beradi vazir. 

Shuningdek, vazir qabul imtihonlari arafasida paydo bo‘layotgan «shovvozlar» va turli firibgarlarning faoliyatiga munosabat bildirib, talaba bo‘lish uchun eng to‘g‘ri yo‘l qanday bo‘lishini aytdi. 

Intervyuni to‘liq shaklda quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

Mover'da ko‘rish (Tas-ix)

Youtube'da ko‘rish

Ko‘proq yangiliklar: