JCh-2018. Fransiya Belgiyani mag‘lub etib, finalga chiqdi

Sport 01:07 / 11.07.2018 26861

Fransiya terma jamoasi jahon chempionati yarim finalida Belgiya ustidan g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

"Sankt-Peterburg" stadionida kechgan o‘yin fransuzlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona gol 51-daqiqada Umtiti tomonidan kiritildi. 

Fransiya finalda 11 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Yarim final

Fransiya – Belgiya – 1:0 (0:0)

Gol: 1:0 – 51 Umtiti.

Fransiya: Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Kante, Pogba, Matyuidi (Tolisso, 86), Grizmann, Jiru (Nzonzi, 85), Mbappe.
Belgiya: Kurtua, Vertongen, Alderveyreld, Kompani, Shadli (Batshuayi, 90), Vittsel, de Bryuyne, Fellayni (Ferreyra Karrasko, 80), Dembele (Mertens, 60), Azar, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Azar (63), Alderveyreld (71), Kante (87), Mbappe (90).

Ko‘proq yangiliklar: