Sony hoshiyasiz katta ekranli birinchi smartfonini chiqardi
Sony Mobile Communications kompaniyasi o‘rta darajadagi Xperia XA2 Plus smartfonini namoyish etdi. Bu kompaniyaning ilk hoshiyasiz katta ekranli smartfoni bo‘lib, ilgari chiqarilgan XA2 Ultra smartfoni 16:9 standartdagi tomonlar mutanosibligiga ega edi.

Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, bu raqamli MP3-fayllari ovozi sifatini avtomatik tarzda yaxshilab beradigan Hi-Res Audio va DSEE HX texnologiyasi imkoniyatlariga ega bo‘lgan o‘rtacha narxdagi Xperia smartfonidir.
Sony Xperia XA2 Plus 6 dyuymli Full HD+ displeyi va 18:9 tomonlar mutanosibligiga ega displey, Exmor RS sensoriga ega 23 megapikselli kamera, 120 darajali obektivga ega 8 megapikselli old kamera bilan jihozlangan.

Smartfonning apparat asosi Qualcomm Snapdragon 630 protsessori bo‘lib, tezkor xotirasi 4 yoki 6 GB, o‘rnatilgan xotirasi 32 yoki 64 64 GB. Smartfonga 400 GB hajmgacha microSD kartasini o‘rnatish mumkin. Akkumulyatori 3580 mAs va Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlanish tizimiga ega. Barmoq izlari skaneri orqa panelda joylashgan.

Smartfon o‘lchami 157 x 75 x 9,6 mm, og‘irligi 205 gramm. Unga ikkita SIM-karta tushadi, LTE, Wi-Fi, Bluetooth 5.0, NFC, FM-radio, GPS + GLONASS, USB Type-C porti bilan jihozlangan. Smartfon Android 8.0 Oreo operatsion tizimida ishlaydi.
Xperia XA2 Plus smartfoni kulrang, kumushrang, qora, tillarang va yashil rangda sotuvga chiqadi.
Mavzuga oid

16:22 / 05.03.2025
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

23:05 / 20.02.2025
PlayStation uchun mo‘ljallangan o‘yinlar narxi qimmatligi sabab Sony sudga berildi

18:14 / 17.02.2025