Abituriyentlar tomonidan oliy o‘quv yurtlariga topshiriladigan ariza o‘zgartirilmoqda

O‘zbekiston 12:02 / 11.07.2018 28260

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi saytida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining «Abituriyentlar tomonidan oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyruqqa o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi buyrug‘i muhokama uchun joylashtirildi.

Buyruq loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 930-son «Oliy ta'lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta'limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq, abituriyentlar tomonidan oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklidagi «kunduzgi, maxsus sirtqi» degan so‘zlar «kunduzgi, maxsus sirtqi, sirtqi, kechki» degan so‘zlar bilan almashtiriladi. Ta'lim rus tilida olib boriladigan bo‘limlar uchun «ochnuyu, spetsialnuyu zaochnuyu» degan so‘zlar «ochnuyu, spetsialnuyu zaochnuyu, zaochnuyu, vechernyuyu» degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.

Ko‘proq yangiliklar: