Jyek Uilshir London klubiga o‘tdi

Sport 21:01 / 09.07.2018 4220

«Arsenal»ning sobiq yarimhimoyachisi Jyek Uilshir «Vest Hem Yunayted» klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bitimga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi 2021 yil yozigacha «bolg‘achilar» sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Uilshir «Arsenal»ni erkin agent sifatida tark etgani uchun, «Vest Hem»ga bepul o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Uilshir «Arsenal» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «qurolsozlar» tarkibida 2008 yili 16 yoshida debyut qilgan edi. O‘tgan mavsumda Uilshir APL doirasida 20ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: