Rossiya terma jamoasi himoya chizig‘i JCh-2018da eng kuchlisi deb topildi

Sport 16:53 / 09.07.2018 12538

FIFA JCh-2018ning hozirgacha bo‘lib o‘tgan o‘yinlari tahlili asosida Rossiya terma jamoasini himoyada eng yaxshi o‘yin ko‘rsatuvchi terma jamoa sifatida e'tirof etdi. Bu haqda musobaqa rasmiy saytida xabar qilingan.

To‘pni himoya chizig‘idan uzoqlashtirish maqsadida oldinga tepib yuborish, to‘pni raqibdan olib qo‘yish va seyvlar kabi himoya harakatlarini Rossiya termasi hammadan ko‘p amalga oshirgan – jami 259 marta.

Musobaqaning eng kuchli hujum chizig‘i sifatida Braziliya terma jamoasi tan olindi. Pentakampeonlar musobaqa o‘yinlarida jami 292ta hujum uyushtirishgan.

To‘p uzatishlarning aniqligi bo‘yicha eng yaxshi jamoa – Ispaniya terma jamoasi (3120ta aniq pas).

14ta gol urgan Belgiya musobaqaning eng sermahsul jamoasi bo‘lib turibdi.

Rossiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Roman Zobnin –JCh-2018ning barcha ishtirokchilari orasida eng uzoq masofaga yugurgan o‘yinchi. «Spartak» vakili JChning 5 o‘yinida 62 kilometrni bosib o‘tgan.

Rossiya-2018ning darvozabonlar uchun eng xavfli futbolchisi – Neymar. Braziliyalik hujumchi darvoza tomon 27 marta zarba yo‘llagan. Serxio Ramos jamoadoshlariga eng ko‘p aniq to‘p uzatgan futbolchi bo‘lib, u 485 marta aniq pas oshirgan. Hammadan ko‘p seyv Meksika termasi darvozaboni Gilmero Ochoa hisobida – 25ta.

Ushbu statistik raqamlar JCh-2018ning 60ta o‘yini tahlili natijasidir. Oldinda bizni yana to‘rtta o‘yin kutib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: