Superliga qaytdi. «Paxtakor» o‘z maydonida «Buxoro»ni yengdi

Sport 21:10 / 08.07.2018 7829

Superliga jamoalari qisqa tanaffusdan so‘ng, o‘yinlarni davom ettirishdi.

«Paxtakor» Toshkentda «Buxoro» bilan bellashdi. O‘yin «sherlar»ning tashabbusi ostida o‘tib, 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan tugadi. Gollar Bezerra va Kozak hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor» 33 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. «Buxoro» 25 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.

Superliga, 16-tur
8 iyul, Toshkent, «Paxtakor» stadioni
Paxtakor (Toshkent) – Buxoro (Buxoro) - 2:0
Gollar: Tiago Bezerra (33), Vladimir Kozak (83)
Amalga oshirilmagan penalti: Dragan Cheran (Paxtakor, 39, to‘sin)

Hakamlar: Hasan Ro‘ziyev (Toshkent), Rasuljon Fozilov (Namangan), Olimjon Abduvasilov (Toshkent), Ahmadjon Ergashev (Toshkent).
«Paxtakor»: Eldorbek Suyunov, Vladimir Kozak, Marko Simich (s), Sherzod A'zamov, Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov (Farruh Sayfiyev, 89), Dilshod Rahmatullayev (Jahongir Ahmadov, 84), Doston Ibrohimov (Jasur Yaxshiboyev, 73), Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Tyago Bezerra.
«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, Bobirjon Amonov, Arslonmurot Amonov, Shavkat Salomov (Qahramon Bahodirov, 85), Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Rahmatilla Berdimurodov, Vadim Chemirtan (Shaxboz Erkinov, 62), Aziz Ibragimov (Javohir Qahramonov, 55).
Ogohlantirishlar: Bobirjon Amonov 12, Shavkat Mullajonov 38, Shavkat Salomov 45+2.

Ko‘proq yangiliklar: