Internet tarmog‘ida yangilangan Hyundai Elantra sedanining suratlari namoyish etildi. Modelning dizayni butkul o‘zgargan va u endilikda boshqa model qatoridan farq qiladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 1,6 litr hajmli motorda paydo bo‘luvchi restayling qilingan mashina uchun kuch qurilmalarining gammasi ham qayta ko‘rib chiqiladi.
Yangilangan «Elantra» yangi old va orqa bamperga hamda radiator panjarasiga «suqilib kirgan» optikaga ega bo‘ladi. Unga yangi Kia Cerato avtomobilida debyut qilgan Smart Stream turkumidagi dvigatel o‘rnatiladi. Motor quvvati 123 ot kuchiga teng.
Yangi Hyundai Elantra Koreya bozorida avgustda paydo bo‘ladi. Boshqa bozorlarga esa model yil oxirigacha yetkaziladi.
Rossiyada restayling qilinmagan Elantra narxi 979 ming rubldan boshlanadi. U 1,6 yoki 2 litrli motor bilan jihozlangan. Agregat quvvati mos ravishda 128 va 150 ot kuchiga teng. Motorlar olti pog‘onali «mexanika» yoki olti diapazonli avtomat uzatmalar qutisi bilan muvofiqlashadi.