Dunyoga qush parvozi balandligidan nazar: kishini chindan ham hayratga soladigan 17 ta foto

Light 11:58 / 30.01.2019 48817

XXI asrni fotografiyaning aql bovar qilmas darajada rivojlanish asri deyish mumkin. U har tomonlama tezkor sur'atlar bilan taraqqiy etib bormoqda. Professional suratlarni olish imkoniyati hatto maktab o‘qituvchisida ham bor. Telefon fotokamerasi o‘zining hayratlanarli jihatlari bilan kishini lol qoldiradi.

Dronlar esa dunyoga qushlar nigohi bilan nazar solish imkonini berdi. Umuman olganda, havodan suratga olish mashhurlikka ega bo‘ldi. Onlayn-hamjamiyat Dronestagram bunga misol bo‘la oladi. U yerda butun dunyodagi aerofotografiya muxlislari tomonidan yaratilgan ko‘plab durdona asarlar omma e'tiboriga havola etiladi.

Ushbu g‘aroyib kadrlar orqali biz uchun odatiy obektlarni umuman boshqa tomondan ko‘rish, borish mumkin bo‘lmagan joylarga nazar solish, biz hatto tasavvur ham qila olmagan hodisalarga guvoh bo‘lish mumkin.

Dronestagram o‘zini dronlar uchun Instagram sifatida namoyish etadi. Uni fransuz fotografi Erik Dyupin yuritadi. Sizlarni akkauntga so‘nggi vaqtlarda joylashtirilgan dronda olingan eng betakror suratlarni tomosha qilishga taklif etamiz.

Ko‘proq yangiliklar: