Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi

O‘zbekiston 12:00 / 08.07.2018 4688

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya Anqara shahrida Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Turkiya Respublikasi prezidenti lavozimiga kirishish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Inauguratsiya marosimi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezident va parlament saylovlarida Erdo‘g‘an 52,59 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lgan, uning Adolat va taraqqiyot partiyasi 41,56 foiz ovoz olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: