Toshkentda otlar paradi o‘tdi

O‘zbekiston 21:55 / 07.07.2018 15204

7 iyulda Toshkentda o‘tgan otlar paradi poytaxt markazida yuzlab odamlarni yig‘a oldi. Toshkent shahri aholisi va uning mehmonlari unutilmas tomoshaning guvohi bo‘lishdi. Paradda O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya otliq eskadroni xodimlari, shuningdek respublikaning turli ot sporti yo‘nalishlari bo‘yicha terma jamoalarining yetakchi sportchilari ishtirok etishdi.

Foto: Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi
Foto: Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi


Bu kabi tadbirlar dunyoning turli mamlakatlari uchun noyob hodisa emas. Ammo O‘zbekiston uchun ushbu fleshmob birinchisi bo‘ldi. Shu tarzda tashkilotchilar respublikaning ot sporti sohasini “bo‘y-basti bilan” ko‘rsatib berishga intilishdi, jamoatchilikning e'tiborini ot sporti turlariga qaratish, o‘sib kelayotgan avlod orasida ot sportini ommalashtirishga harakat qilishdi.

Foto: Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi
Foto: Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Bu ishga shuningdek mamlakatning kuch tuzilmalari xodimlari, mashhur sportchilari o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ular tantanali xizmat va sport kiyimlarida, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan holda Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab marsh qilib yurishdi.

Foto: Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi
Foto: Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Bugungi paradda 80 ga yaqin zotdor otlar ishtirok etdi. Umumjahon o‘lchovlar bo‘yicha bunday miqdordagi jonivorlar bilan o‘tgan bu paradni yiriklaridan biriga kiritish mumkin. Bu boradagi oxirgi jahon rekordi 2017 yil BAAda 116 ta ot ishtirokida qo‘yilgan. 

Foto: Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi
Foto: Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi
Foto: Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

 

Ko‘proq yangiliklar: