Ravshan Ermatov rekordi yaqin 4 yil ichida yangilanmaydi

Sport 14:20 / 05.07.2018 19036

O‘zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov JCh-2018 o‘yinlarini boshqarishda davom etadigan hakamlar ro‘yxatiga kiritilmadi. 

Uning yordamchisi Abduhamidullo Rasulovning oyog‘idan jarohat olishi natijasida, Ermatov guruhining Rossiyadagi ishi yakunlandi. 

Ayni paytda, Ravshan Ermatov jahon chempionatlarida 11ta o‘yinni boshqargan va bu borada dunyo rekordi egasi hisoblanadi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha unga yaqin turgan hakamlardan biri argentinalik Nestor Pitana bo‘lib, u chorakfinaldan o‘rin olgan Urugvay - Fransiya o‘yiniga tayinlangan. Bu 42 yoshli hakam uchun jahon chempionatlaridagi 8-o‘yin bo‘ladi. Agar Pitana yarimfinal va finalga tayinlangan taqdirda ham Ermatov rekordiga yetolmaydi.

Shu tariqa, Ravshan Ermatov rekordi kamida keyingi jahon chempionatigacha saqlanib qoladi.

Ko‘proq yangiliklar: