Afg‘onistonda chiqarilayotgan “koka-kola” mahsulotlarini O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tishmoqchi bo‘lishdi

Iqtisodiyot 14:13 / 04.07.2018 17034

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda “Darband” YPX maskanida o‘tkazilgan tadbir davomida qonunbuzarlikni fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Fuqaro T.J.ning buyurtmasi asosida xarakatlanayotgan ISUZI rusumli avtomashina to‘xtatilib, avtomashina haydovchisi Q.A.dan avtomashinaga nima yuklanganligi so‘ralganida, u avtomashinaga olma mahsuloti yuklanganligini ma'lum qildi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari hamda xolislar ishtirokida ushbu avtomashina ko‘zdan kechirilganida, avtomashinada haydovchi aytgan olmalar o‘rniga Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 4992 dona 1,5 litrli “koka-kola” mahsulotlari ortilgani aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Shundan so‘ng ushbu mahsulotlar ortilgan Termiz tumani hududida joylashgan “Karvon saroy” MChJ hududidagi do‘konlardan biri ko‘zdan kechirilganida do‘kon egasi fuqaro M.A. bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1,5 litr hajmli polietilen idishlarga qadoqlangan, Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan  9252 dona “koka-kola” va 3120 dona “pepsi” ichimliklarini “yama” sifatida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Dastlabki tekshiruvlar davomida ushbu ichimliklar oz-oz miqdorda tashmachilar yordamida yurtimizga olib kelinganligi aniqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: