2018 yilning eng ishonchli yo‘ltanlamaslari ma'lum qilindi

Fan-texnika 14:14 / 03.07.2018 14874

Amerikaning J.D.Power kompaniyasi Shimoliy Amerikada avtomobil bozorida turli tasniflar bo‘yicha eng ishonchli transport vositalari ro‘yxatini e'lon qildi. Agar yo‘ltanlamaslar e'tiborga olinmasa, Genesis, Kia va Hyundai eng ishonchli avtomobil markalari deb topildi. Volvo, Jaguar va Land Rover reytingni eng quyi o‘rinlarini egallagan. 

Amerikaliklar Hyundai Tucson modelini kichik o‘lchamli krossoverlar turkumiga kiritishgan. U o‘z tasnifida eng ishonchli deb baholangan. Biroq Kia Sportage va Mitsubishi ASX ham undan qolishmasligi ma'lum bo‘lgan.

Foto: Hyundai

Ularga bu borada qimmat avtomobillar orasida BMW X1 va Mercedes-Benz GLA raqobat qilishi mumkin. 

Foto: BMW
Foto: Mercedes-Benz

Buick Envision — eng ishonchli ixcham krossover. Honda CR-V undan unchalik ham qolishmaydi.

Foto: Buick Envision

Lincoln MKC — eng qimmat ixcham ishonchli krossover deb topilgan. Porsche Macan va Mercedes-Benz GLC ham yomon emasligi qayd etilgan. 

Foto: Lincoln

O‘rta o‘lchamdagi krossoverlar orasida Kia Sorento yetakchilik qilmoqda. Amerika avtohavaskorlari bu tasnifda Hyundai Santa Fe, Ford Explorer va Nissan Murano modellarini ham yuqori baholashgan.

Foto: Kia

O‘rta hajmli qimmat krossoverlar orasida BMW X6, Lexus RX va Porsche Cayenne juda ishonchli deb topilgan. 

Foto: BMW

Ford Expedition esa, Chevrolet Tahoe yo‘ltanlamasidan to‘liq hajmli krossoverlar toifasida yetakchilikni tortib oldi.

Foto: Ford
Ko‘proq yangiliklar: