Fransiyada bekatlarda 20 soniyada quvvatlanib oluvchi tramvaylar harakatlana boshladi

Fan-texnika 09:37 / 01.07.2018 5267

Fransiyaning Nitstsa shahrida simsiz harakatlanuvchi va elektr energiyani to‘xtashlar vaqtida oluvchi innovatsion tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Parisien nashri ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, tramvayning elektr energiyani yuqoridan o‘tgan simdan olish an'anaviy usulidan “yerdan quvvatlanish tizimi” (SRS) xalos bo‘lishga imkon berdi. Aynan shu tizim tramvayga energiya to‘plab, to‘xtash vaqtida quvvatlanib olishiga imkon beradi.

“Butun jarayon 20 soniyadan kamroq vaqt oladi”, deb aytgan ushbu texnologiyani ishlab chiqqan Alstom kompaniyasi.

Ta'kidlanishicha, SRS tizimiga ega tramvay Nitstsaning ma'muriy markazi va g‘arbidagi Manyan dahasi o‘rtasida ikkinchi liniya bo‘ylab harakatlanadi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, SRS bilan jihozlangan innovatsion tramvay yo‘llari Nitstsaning porti va aeroportini bog‘laydi. Ayni vaqtda yo‘lning 7 kmlik qismida qatnov ochilgan. Yo‘lning butun uzunligi 11,3 kmni tashkil qiladi. Yangi tramvayda yurish 2 sentabrgacha bepul bo‘ladi. 2019 yilda ushbu liniyaning yer osti qismi ochilishi rejalashtirilgan.

Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, bu transport loyihasining qiymati 721 mln yevrodan 1 mlrd yevrogachani tashkil qilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: