Afg‘onistonning Jalolobodidagi portlashda 17 kishi halok bo‘ldi

Foto: Twitter/Sharif Hassan
Afg‘onistonning Nangarhor viloyati ma'muriy markazi hisoblangan Jalolobod shahrida viloyat gubernatori idorasi yaqinida sodir etilgan portlashda 17 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi yaralandi. Bu haqda 1TV telekanali ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, portlash shaharga Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani kelishi arafasida sodir etilgan.
Ayni vaqtda birorta guruh ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
30 iyunda G‘ani “Tolibon” harakati bilan Ramazon oyi munosabati sabab kiritilgan yarashuv tugagani, mamlakat qurolli kuchlarining jangarilarga qarshi amaliyotlari tiklanishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025